Umurtqasiz
Kitob hakidaKirishO`simliklarHayvonlarAdabiyotlar

 

Home>Hayvonlar>Umurtqasiz

 

1.

Tibbiy zuluk

Medicinal Leech

Hirudo medicinalis Linnaeus. 1758

 

Maqomi 2: Zaif, qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan G`arbiy Palearktika turi. TMXI Qizil ro`yxatiga kiritilgan.

 

Tarqalishi. Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon d. havzalarining pasttekisliklarida joylashgan kichik suv havzalari. O`zbekistondan tashqarida: Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, O`rta va Janubiy Yevropa, Kavkazorti, Turkiya, Sharqiy Sibir janubi.

Yashash joylari. Tekislikda, ba'zan tog` etaklarida joylashgan, turg`un yoki sekin oqar, tubi loyqali yoki toshli chuchuk suv havzalari, sayoz joylarda yashaydi.

Soni. Ilgari ko`p uchrar edi, keyingi o`n yilliklarda keskin kamayib ketgan.

Yashash tarzi. Bir necha yil yashaydi. Xunasa, jinsiy yo`l bilan yiliga 3-2 marta ko`payadi. Tuxumlarini pillalarda qo`yadi. Qishda uyquga kiradi. Baqalar, ba'zida sut emizuvchilarning qonini so`radi. Suvlarning kimyoviy ifloslanishiga juda sezgir. Ba'zi bir kasalliklarni davolashda laboratoriya tajribalarida foydalaniladi.

Cheklovchi omillar. Suv havzalarida suvning sathi keskin o`zgarishi, o`zanlarning sanoat chiqindilari bilan ifloslanishi.

Ko`paytirish. Laboratoriya sharoitida osonlikcha ko`payadi.

Mushofaza choralari. SITESning II-Ilovasiga kiritilgan. Turning yashash joylaridagi muhofasini tashkillashtirish; shavzalarning gidrorejimini barqarorlashtirish, ularning ifloslanishiga yo`l qo`ymaslik choralarini ko`rish.

 

 

2.

Jadin buloq chig`anog`i

Zhadin’s Spring Sail

Sogdamnicola shadini Izzatullaev, 1984

 

Maqomi 2: Janubiy Turkistonning zaif, tabiatan kamyob, lokal endemik relikt turi.

 

Tarqalishi. Urgut va Omonqo`ton q. atrofi (Zarafshon t.).

Yashash joylari. Tog` (d.s.b. 900-1500 m) buloqlari, buloqlardan to`yinadigan suvi sovuq (7-10°) va toza bo`lgan kichik daryolar. 25-30 sm chuqurlikda mayda shag`allar orasida, toshlar va suv o`tlari barglarida yashaydi.

Soni. Lokal populyatsiyalarda har kv.m.da 120 donagacha yetadi.

Yashash tarzi. Kam o`rganilgan. Bir yilcha yashaydi. Qobiqlarda bir donadan tuxum qo`yadi. Bakteriya po`panaklari va mikrosuvitlari bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar. Buloqlarning qishloq xo`jaligi va qurilish chiqindilari bilan ifloslanishi va suvining kamayib ketishi.

Ko`paytirish. Sun'iy sharoitda ko`paymaydi.

Muhofaza choralari. Yashash tarzini to`la o`rganish, yashash joylarini muhofaza qilish, suv havzalari gidrorejimini barqarorlashtirish, ularni ifloslanishdan saqlash choralarini ko`rish.

 

 

3.

Qaynar melanoidesi

Kainar Cerith

Melanoides kainarensis

Strabogatov et Izzatullaev, 1980

 

 

Maqomi 2: Janubiy Turonning zaif, tabiatan kamyob, lokal tarqalgan endemik relikt turi.

Tarqalishi. Karnabcho`ldagi Boshhovuz bulog`i. O`zbekistondan tashqarida: Turkmaniston, Afg`oniston.

Yashash joylari. Tekisliklardagi iliq (18-20°) buloqlar va ular hosil qilgan iliq soy va hovuzlar, 2,5 metrgacha bo`lgan chuqurliklarda toshli, loyli va loyqa bosgan tuproqlarda yashaydi.

Soni. Lokal populyatsiyalarda har kv.m.-da 120 donagacha bo`lishi mumkin.

Yashash tarzi. 5-8 yil yashashadi. Ko`payishi bir jinsli, erkaklari juda kamyob. Tuxumlari kam, ular maxsus bo`lmada rivojlanadi va undan yosh molluskalar chiqadi. Bakteriya po`panaklari va mikrosuvo`tlari bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar. Buloqlar suvi hajmining o`zgarishi, suv haroratining pasayishi, havzalarning ifloslanishi.

Ko`paytirish. Imkoni mavjud.

Muhofaza choralari. Yashash joylarini muhofaza qilish, suv havzalari gidrorejimi barqarorligini ta'minlash, ularni ifloslanishdan saklash

 

 

4.

Baktriya tishsizi

Bactria Freshwater Clam

Colletopterum bactrianum (Rolle, 1896)

 

 

Maqomi. 1: Yo`q bo`lib ketayotgan, lokal tarqalgan janubiy Turon endemik turi.

Tarqalishi. Chordara so., Aydarkil, Sirdaryo va Zarafshon d. qayirlari. O`zbekistondan tashqarida: Tojikiston, Qozog`iston.

 

Yashash joylari. Tekislikdagi harakatchan suv havzalari. Loyqali tuproqlarda 2,5 metrgacha bo`lgan chuqurlarda yashaydi.

Soni. Barcha joyda kam. O`zbekistonda kam sonli topilmalar orqali ma'lum.

Yashash tarzi. 5-10 yil yashaydi. Odatda xunasa, alhida ajralib qolgan suv havzalarida ikki, ya'ni ayrim jinsli bo`lib qoladi. Tuxumini kuzda tashqi oyqulog`ining ichiga qo`yadi, ularni tashqariga keyinga yozda chiqaradi. Lichinkalari 5-8 hafta baliqlarning suzgichlari va oyquloqlarida rivojlanadi. Organik chirindilar bilan oziqlanadi. Suvni tozalaydi.

Cheklovchi omillar. Suv havzalari sathining keskin o`zgarishi, xo`jalik faoliyati natijasida ularning ifloslanishi, chig`anoqlarini yig`ish. Ko`paytirish. Imkoni mavjud.

Muhofaza choralari. Yashash joylarini muhofaza qilish, suv havzalari gidrorejimini bir maromda ushlash, ularni ifloslanishdan saqlash, chig`anoqlarini yig`ishni taqiqlash.

© Web-design  Burnashev R.F., 2005